temir + C

+ gistidin + foliy kislota
Озуқа қўшимчаси
temir + C
temir + C
temir + C
temir + C

  • Temir eritrotsitlarning normal shakllanishini ta’minlaydi va moddalarning normal energiya almashinuviga ko‘maklashadi
  • Foliy kislotasi qon hujayralarining normal hosil bo‘lishiga yordam beradi
  • C vitamini temirning o‘zlashtirilishini kuchaytiradi
  • Oson yutiladigan kichik tabletkalar
Tarkibida glyuten yo‘q
Tarkibida glyuten yo‘q
Veganlarga mos keladi
Veganlarga mos keladi

Temir kislorodning normal tashilishini ta’minlaydi. B12 vitamini hujayralarning bo‘linishida ishtirok etadi.

Hayotiy muhim oziq moddalarning yetarli miqdorda bo‘lishi salomatlik va mehnat qobiliyati uchun juda muhimdir. Organizm o‘zi temir ishlab chiqara olmasligi va u har kuni organizmdan chiqib ketishi sababli, uni muntazam ravishda va yetarli miqdorda ovqat bilan qabul qilish zarur.

O‘simlik manbalariga yong‘oq, urug‘ yoki dukkakli o‘simliklar, hayvon manbalariga ega jigar va qizil mol go‘shti, masalan, steyk kiradi.

Homiladorlik davrida, emizikli davrda va tarkibida temir moddasi kam bo‘lgan bir xil ovqatlanish tartibiga rioya qilinganda organizmga temirning yetarli miqdorda tushishiga alohida e’tibor qaratish lozim.

Temir

  • eritrotsitlarning normal shakllanishiga yordam beradi
  • moddalarning normal energiya almashinuvida ishtirok etadi
  • organizmda kislorodning normal tashilishini ta’minlaydi
  • hujayralarning bo‘linishida ishtirok etadi
  • immun tizimining normal ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi

Organizm har kuni ma’lum bir miqdordagi temirni yo‘qotadi. Temir organizm tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqarilmasligi sababli, u muntazam va yetarli miqdorda ovqat bilan qabul qilinishi kerak.
Biroq, har doim ham ovqat bilan yetarli miqdordagi temirni olib bo‘lmaydi. O‘simlik tabiatli mahsulotlarning ko‘pchiligi temirning yomon manbai hisoblanadi. Asosan o‘simlik mahsulotlaridan iborat bo‘lgan yoki muvozanatlanmagan ovqatlanish tarkibida temir kam bo‘lishi yoki temirning o‘zlashtirilishiga to‘sqinlik qiluvchi moddalar (masalan, qora choy, qahva) bo‘lishi mumkin. Boshqa moddalar esa (masalan, C vitamini) uning organizm tomonidan o‘zlashtirilishini oshirishi mumkin.
Doppelgersning oson yutiladigan mini-tabletkalarida 14 mg lik temirdan tashqari, C vitamini, gistidin aminokislotasi va B guruhi vitaminlari, foliy kislota va B12 mavjud.

C vitamini

  • temirning o‘zlashtirilishini oshiradi
  • immun tizimning normal ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi
  • hujayralarni oksidlanish stressidan himoya qilishga yordam beradi

Foliy kislota

  • normal qon hosil bo‘lishiga yordam beradi
  • immun tizimning normal ishlashida muhim rol o‘ynaydi
  • hujayralarning bo‘linishida ishtirok etadi

B12 vitamini

  • moddalarning normal energiya almashinuviga yordam beradi
  • immun tizimning normal ishlashiga yordam beradi
  • hujayralarning bo‘linishida ishtirok etadi

Doppelgersning temir + C + gistidin + foliy kislotasi mini-tabletkalari tarkibida laktoza, glyuten va jelatin yo‘q, shuning uchun vegetarianlar va veganlar uchun ham mos keladi.
Miqdori 

Таркиби
Ингредиентлар
да Мини таблетка
ОММ %*
Temir
14 mg
100%
C vitamini
100 mg
125%
L-gistidin
30 mg
**
Foliy kislota
300 mkg
150%
B12 vitamini
3 mkg
120%
* ЕИ 1169/2011 Регламентига мувофиқ озуқа моддаларнинг меъёри
** Озуқа моддаларнинг меъёри йўқ
Истеъмол қилиш бўйича тавсиялар

Kuniga 1 tabletkadan, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan ichish kerak.

Изоҳ

Quruq joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
14 yoshdan kichik bolalarga tavsiya etilmaydi.
Temir to‘planadigan kasalliklarda va temirning o‘zlashtirilishi buzilganda qabul qilish mumkin emas.

Ингредиентлар

Vitamin C, to‘ldiruvchi mikrokristall sellyuloza, to‘ldiruvchi kislotali kalsiy fosfat, temir fumarati, L-gistidin, quyuqlashtiruvchi gidroksipropilmetilsellyuloza, yog‘ kislotalari stabilizatori, uch o‘lchamli karboksimetilsellyuloza stabilizatori, yog‘ kislotalari magniyli tuzlarining stabilizatori, kraxmal, talk stabilizatori, kremniy dioksidi stabilizatori, glitserin, temir oksidi va temir gidroksidi bo‘yoqlari, foliy kislota, В12 vitamini.

GTIN: 4009932132809